"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis yana Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Qirollik klubi" futbolchining xaridini yanvar oyida amalga oshirmoqchi. Mazkur transferning amalga oshishiga faqat yarim himoyachining bahosi yuqoriligi to'sqinlik qilishi mumkin. "Neapol" klubi rahbarlari bu sotuvdan 100 million evro daromad qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.