"Real" yarimhimoyachisi Eden Azar jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Bugun 29 yoshli yarim himoyachi yana yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi va to'p bilan ishlashni boshlab yubordi.
Noyabr oyi oxirida belgiyalik futbolchi chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi PSJ bilan o'yinda (2:2) jarohat olgan edi va o'sha vaqtdan beri maydonga tushmadi.
As xabariga ko'ra, Azarning 1 fevral kuni "Atletiko"ga qarshi o'yingacha tiklanish imkoniyati bor.