Uelslik futbolchi Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasidagi "Unionistas" (3:1)ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi.
"Qaymoqranglilar"ning 11-raqamli futbolchisi 53-daqiqada maydonni tark etdi va uning o'rniga Braim Dias tushirildi.
"Real" ustozi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, Beylning jarohati jiddiy emas, ammo u bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Beyl joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.