«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida «Unionistas»ga qarshi o'yinda (3:1) o'z hisobiga bitta gol yozdi.
Uelslik futbolchi deyarli 5 oy ichida "Qirollik klubi" safida ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. 30 yoshli futbolchi so'nggi marta 1 sentyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:2) to'p kiritgan edi.