"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe yoshlik chog'ida qaysi futbolchiga havas qilganini aytib o'tdi.
"Mening bir necha nafar kumirlarim bor edi. Yoshligimda Zidanning muxlisi edim. Agar sen frantsiyalik bolakay bo'lsang, sening kumiring Zayniddin bo'ladi. Shuningdek, menga Ronaldu yoqardi. U bilan tanishganimda o'zimni baxtli his qilganman. Shuningdek, menga braziliyaliklar, ularning o'yin uslubi yoqar edi", - dedi Mbappe "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 12ta assistni amalga oshirdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.