«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl shartnomaning oxiriga qadar Madridda qolmoqchi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar tarqatdi.
Uelslik futbolchining "Qirollik klubi" bilan 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. 30 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan edi, ammo o'yinchi muzokara olib borishni istamadi.
Beylning «Real»dagi yillik maoshi 17 million evroga teng. Ushbu mavsumda u "qaymoqranglilar" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.