"Bavariya" klubi hozirda Dortmundning "Borussiya"sida ijara asosida o'ynayotgan Ashrif Hakimiyga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Bild" nashri xabar tarqatdi.
"Bavariya" ayni paytda qanot himoyachisi va yarim himoyachisi vazifasini birdek bajara oladigan futbolchi qidirayotgani uchun e'tiborini marokashlik o'yinchiga qaratdi. Hakimiy aynan shunday xususiyatga ega.
Manbaga ko'ra, "Real" o'z futbolchisini sotmoqchi emas, aksincha uni ortga qaytarish haqida o'ylamoqda.
Hakimiy ushbu mavsumda Germaniya chempionati doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.