Marca xabariga ko'ra, "Real" rahbariyati jamoaning yarim himoyachisi Xames Rodrigesni yanvar oyidagi transfer oynasida ijaraga berishdan bosh tortdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Evropaning bir qator klublari kolumbiyalik futbolchining ijarasi borasida taklif bilan chiqishgan, ammo madridliklar yarim himoyachini mavsum oxirigacha ushlab turishni xohlamoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Rodriges "qaymoqranglilar" safida 9 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol hamda 1 ta assistentlik qilgan.