«Real» yarim himoyachisi Kazemiro La liganing 20-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Braziliyalik futbolchi bu bahsda "dubl"ga erishdi.
«Bunday o'yinlarda qanday sabr qilishni bilish kerak. Bugun biz to'pni nazorat qilmagan holda o'yinni nazorat qilishimiz mumkinligini isbotladik. G'alaba qozonib, o'zimizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaganimizdan xursandmiz», – dedi Kazemiro.