Garet Beyl uchrashuvning 82-daqiqasi davom etib turgan bir pallada "Santyago Bernabeu"ni tark etgan. Beyl joriy mavsum davomida beshinchi bor hakamning yakuniy hushtagini eshitmay o'yingohni tark etdi. Uelslik futbolchi bunga qadar "Espanol" (2:0), "Leganes" (5:0), "Betis" (0:0) va "Galatasaroy"ga (6:0) qarshi uchrashuvlarda shunday yo'l tutgan edi.
Malumot uchun, Madrid klubi qoidalariga binoan o'yinchilarning 80-daqiqadan avval uchrashuv davom etayotgan o'yingohni tark etishlari taqiqlanadi.