«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl yana bir marta jamoasining o'yini yakunlanishini kutmasdan stadionni tark etdi.
Madridliklar La liganing 20-turi doirasida «Sevilya»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 30 yoshli futbolchi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. U bahsning 82-daqiqasi o'tib borayotganida stadiondan chiqib ketdi.
Beyl ushbu mavsumda kamida 4 marta «Real» o'yini tugamasidan stadionni tark etgan: «Espanol» (2:0), «Leganes» (5:0), «Betis» (0:0) va «Galatasaroy» (6:0)ga qarshi uchrashuvlarda.
Klub qoidasiga ko'ra, o'yindan ishtirok etmagan futbolchi 80-daqiqadan avval o'yingohdan chiqib ketishi mumkin emas.