Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos "Oltin to'p"ni olish imkoniyatlari haqida savolga javob berdi.
"Oxirgi yillarda bu sovrin Messi va Ronaldu bilan bog'lanib keldi. Ammo o'z vaqtida men bilan bir joyda o'ynagan Fabio Kannavaro ham "Oltin to'p"ni olgan edi.
Men butun faoliyatim davomida ko'p g'alabalarga erishdim va agarda menga "Oltin to'p" berishsa, juda yaxshi bo'lar edi. Bu tarixiy hodisaga aylanardi", - deydi Ramos.