Madridning "Real" klubi himoyachisi Teo Ernandez taqdimot marosimidan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Barcha muxlislarga rahmat. Men dunyoning eng kuchli klubiga o'tganimdan xursandman. Men bu yerda dunyoning eng kuchli futbolchilari bilan to'p surish va sovrinlar yutish uchun keldim. Har bir inson uchun sovrin yutish orzu. Men "Atletiko" tarbiyalanuvchisiman, lekin bu yerga o'tishni xohladim, chunki "Real" dunyoning eng kuchli klubi. Menga hech qanday bosim yoki boshqa narsa bo'lmadi, shunchaki o'zim "Madrid"ga o'tishni xohladim.
O'ylashimcha, akam Lukas bilan derbida muomilam yaxshi bo'ladi. U bilan janjallashish niyatim yo'q." - deydi Teo Ernandez.