Ispaniya uchinchi divizioni klubi — «Unionistas» Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida bo'ladigan «Real»ga qarshi o'yinni o'z maydonida qabul qilmasligi mumkin.
Boisi, Salamanki shahri jamoasi uy stadioniga juda kam — 4000 muxlis sig'adi. Shu bois, jamoalar hozirda o'yinni "Santyago Bernabeu"ga ko'chirish borasida muzokara olib borishmoqda.
Salamanki shahrida 17 ming o'rindiqli «Elmantiko» stadioni bor, ammo «Unionistas» va «Salamanki» jamoalari o'rtasidagi salbiy munosabat tufayli jamoa bu arenada "Real"ni qabul qilmoqchi emas.
COPE nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Real» uchrashuvni «Santyago Bernabeu»da qabul qilishga va chiptalar savdosidan tushgan daromadni «Unionistas»ga o'tkazib berishga tayyor. «Unionistas» - «Real» o'yini 22 yanvar, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.