"Avvallari uyda o'zimni "Real"da o'ynayotganimni tasavvur qilib to'p tepardim. Zidan mening kumirim edi, oq futbolka esa benuqsondek tuyulardi.
Futbolchi sifatida biz u bilan boshqa xil uslub egalarimiz. Zidan texnika borasida mendan kuchliroq edi. Unga qarasangiz, futbolni chindan ham yaxshi ko'rishini tushunasiz. U menga Evro-2016 musobaqasi o'tkazilayotgan mahalda qo'ng'iroq qilib meni "Real"da ko'rishni xohlayotganini aytgandi.
Zidan mashg'ulotlarni doim to'p bilan o'tkazadi. Men so'nggi 3 yilni italiyalik mutaxassislar bilan o'tkazdim va unchalik qoniqmadim. Endi o'zimga yoqqan narsalarni qayta kashf qilmoqchiman", – deydi Azar.