«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
21 yoshli urugvaylik futbolchi «Atletiko»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya superkubogi finalida maydondan chetlatilgani uchun shunday jazoga munosib ko'rildi. Valverde qo'shimcha bo'limda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Alvaro Moratani ortda teib yiqitgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan edi.
Shu tariqa, yarim himoyachi La liganing 20-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Eslatib o'tamiz, "Real" - "Sevilya" o'yini 18 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tadi.