“Napoli” hujumchisi Xose Kalexon Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchini “Espanol” o'z safiga qo'shib olmoqchi. Avvalroq, futbolchi neapolliklar bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamagan edi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, Kalexon Madridning “Real” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008/11 mavsumlarida "Espanol" sharafini ham himoya qilgan.