Hal qiluvchi penaltini golga aylantirgan 33 yoshli himoyachining to'pig'i jarohatlangan.
El Chiringuito TV malum qilishicha Ramos 10 - 15 kun muddatni o'tkazib yuboradi.
"Avvaliga men Panenka uslubini zarba berishni o'ylayotgandim, lekin to'pig'im juda og'riyotgandi. SHu sababli men bir nechta mayda qadamlar tashlay olmasdim. Og'riqni penaltilar seriyasidan avval emas, o'yin vaqtidayoq sezgandim, ammo maydonda siz barchasini unutib, oxirigacha kurashishingiz kerak", - dedi Serxio Ramos.
Eslatib o'tamiz, "Real" 18 yanvar kuni o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi, 26 yanvar kuni esa La Liganing navbatdagi turi doirasida safarda "Valyadolid" bilan bellashadi.