"Qirollik klubi" yarim himoyachisi Federiko Valverde La Liganing 20-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Ushbu bellashuv shanba kuni Madridda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
21 yoshli urugvaylik Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"ga (0:0, 4:1 pen.) qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi tufayli bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.