32 yoshli futbolchining xizmatlariga Barselonaning "Espanol" klubi qiziqish bildirmoqda.
Kalexon yozda "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi.
Kalexon 2011-2013 yillarda "Real"ning asosiy jamoasi sharafini himoya qilgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Darhaqiqat, Xose 2008-2011 yillarda ham aynan "Espanol"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Kalexon joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etgan.