«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak Ispaniya superkubogi doirasida «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:0, penaltilar bo'yicha - 1:4) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Atletiko» 90 daqiqa davomida ajoyib o'ynadi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Penaltilar seriyasi — haqiqiy lotereya. Unda «Real» gol urdi, biz esa — yo'q. Endi oldinga intilishimiz kerak.
Valverde tomonidan ishlatilgan fol? Morata yakkama-yakka vaziyatda gol urmasligi uchun shunday qildi. Top-toza qizil kartochka. U yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qildi», – deya ta'kidladi Oblak.