«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya superkubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Atletiko"ga qarshi uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo'shimcha vaqtlar yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Alvaro Moratani "Qirollik klubi" yarim himoyachisi ortdan tepib yiqitdi va maydondan chetlatildi. Valverde asosan mana shu ishi uchun Superkubokning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Penaltilar seriyasida esa "Real" 4:1 hisobida g'alaba qozonib, Superkubokni qo'lga kiritdi.