«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde La liganing 20-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
21 yoshli urugvaylik futbolchi «Atletiko»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya superkubogi finalida maydondan chetlatilgani uchun bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Sevilya" o'yini 18 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tadi.