"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya superkubogi finali oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi. "Qirollik klubi" sovrin uchun "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.
"Futboldagi eng muhim narsalardan biri — g'alabalardan "to'yib" qolmaslik. Jamoaning mehnatlari tufayli biz yangi finalda o'ynaymiz. Biz xatolarga yo'l qo'ymasdan jiddiy o'yin ko'rsatishimiz va sovrinni qo'lga kiritishimiz kerak.
"Atletiko" — birinchi raqamli dushman? "Dushman" so'zi sportga mos kelmaydi. Futbolda bunday deb bo'lmaydi. "Atletiko" — asosiy raqib.
"Atletiko" — noqulay raqib. Ularning ajoyib murabbiyi bor. Ular so'nggi soniyaga qadar kurash olib borishadi. Bu esa ularga natijani qo'lga kiritish uchun umid beradi", - dedi Ramos "AS" nashriga bergan intervyusida.