Madridning "Real" klubi va Garet Beyl atrofida turli gap-so'zlar bo'lganidan xabaringiz bor. Lekin so'nggi vaqtlarda vaziyat biroz yumshagandek tasavvur uyg'otmoqda. Uelslik o'sha o'tgan yilning noyabr oyidagi bayroq bilan bog'liq vaziyat "Uels, Golf, Madrid"dan keyin jamoadoshlari tomonidan yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlanmoqda.
Jamoa chinakamiga bir butun bo'lib, har bir futbolchi sherigini ham maydonda, ham uning tashqarisida qo'llamoqda.
Endi Jidda shahriga ham Beyl kela olmagan bo'lsada, jamoaning yuklari bilan birga golf klyushkasi ham olib kelindi. Beyl xabaringiz bo'lsa kerak, Saudiya Arabistoniga sog'lig'i bilan bog'liq muammo tufayli kela olmadi. Jamoadoshlari esa xazil tariqasida uning o'rniga o'zlari bilan klyushkani olib ketishdi.
Eslatib o'tamiz, "Madrid" futbolchilari rojdestvo bayramida ham bir-birlariga sovg'a berishgan va o'shanda Garetga golf klyushkasi, Ferlan Mendiga g'isht, Vinisius Juniorga esa yumshoq o'yinchoq nasib qilgandi.