"Atletiko" Ispaniya superkubogi final bahsi arafasida o'z sardorini yo'qotdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, yarim himoyachi Koke o'ng oyog'ining son qismidagi mushagi jarohatlangan. Shu bois, futbolchi "Real"ga qarshi kechadigan final bahsida maydonga tushmaydi.
28 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan yarim final uchrashuvida mazkur jarohatni olgan edi.
"Real" - "Atletiko" uchrashuvi 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.