Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya superkubogi. «Real» finalga chiqdi

Ispaniya superkubogi yarim finalidan o'rin olgan «Valensiya» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya superkubogi yarim finalidan o'rin olgan «Valensiya» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Bahsning 16-daqiqasida Toni Kroos "ko'rshapalaklar" darvozasi tomon belgilangan burchak zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri darvozani ishg'ol qildi. Posbon o'z darvozasini tark etib, himoyachilarga ko'rsatma berayotganini ko'rgan germaniyalik posbon darvoza tomon darhol aylanma zarba berdi. "Valensiya" posboni Jaume Domenek to'pga tashlanishga urindi, ammo kech qoldi.

Birinchi bo'lim tugashiga 6 daqiqa qolganida madridliklar farqni ikkitaga oshirishdi. Karvaxal jarima maydoniga kirayotgan Valverdega uzatma berdi. Federiko esa jarima maydoni markazidagi Modrichni to'p bilan ta'minladi. Lukaning zarbasi himoyachiga tegib qaytgan bo'lsa, Iskoning zarbasini hech kim qaytara olmadi — na himoyachi, na darvozabon.

Oradan ikki daqiqa o'tib Isko jamoasining uchinchi golini urishi mumkin edi. Ammo burchakdan etkazilgan uzatmaga futbolchi bosh bilan berganidan so'ng to'p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Luka Modrich raqib jarima maydoni ichida himoyachining ta'qibi ostida bo'lishiga qaramay, oyog'ining tashqi tomoni bilan zarba berib, darvoza burchagini zabt etdi.

O'yin taqdiri amalda hal bo'lganidan keyin madridliklar o'z o'yinlarini biroz susaytirishdi. "Valensiya" esa bundan foydalanib, raqib darvozasi tomon bosimni oshirdi. Ularga so'nggi zarbasi berish jihati etishmadi. Faqatgina qo'shib berilgan daqiqalarda hakam videotakrorni tomosha qilgach, "Real" darvozasi tomon penalti belgiladi. Parexo kuchli zarba bilan bitta javob to'pini raqib darvozasiga joyladi.

Shu tariqa, 12 yanvar kuni bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi: yo "el-klasiko", yoki Madrid derbisi.

Ispaniya superkubogi, yarim final
Valensiya – Real Madrid 1:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 15 Kroos, 0:2 – 39 Isko, 0:3 – 65 Modrich, 1:3 – 90+2, penalti Parexo.
Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (Cheriishev, 70).
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).
Ogohlantirish: Kazemiro (88).

BestMaster
9 Yanvar 2020, 02:00
ispaniya, superkubogi, «real», finalga, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads