«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida ma'lumot berdi.
«Ronalduni tizzasidagi muammo bezovta qilmayapti. Bu esa uning jismoniy va ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Nihoyat, uning baxtli ekaknini ko'ryapman. Endi u o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish qilishi mumkin», – dedi Sarri.
Ronaldu A seriyaning so'nggi 5ta o'yinida 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.