"Kastilya" markaziy himoyachisi Mario Ermoso faoliyatini "Espanyol"da davom ettirishga yaqin.
Kataloniya klubi o'z tarkiblarini yosh ispan bilan to'ldirmoqchi. Hozirgi kunda Kike Flores Sanches qo'l ostida bor yo'g'i 2 ta markaziy himoyachilar David Lopes va Oskar Duarte qoldi. Duarte ham hozirda jarohatni tuzatish bilan band.
Ushbu mavsumda 22 yoshli Ermoso Segunda B da 32 ta o'yinda 1 ta gol va 2 ta golga assistentlik qilgan.