Murabbiy sifatida Evropa Chempionlar ligasining finaliga ketma-ket ikki bor yo'llanma olish bunga qadar faqatgina Ser Aleks Fergyusonga tegishli edi.
1998 va 1999 yilgi mavsularda Fergyuson «Manchester Yunayted» klubini finalga qadar boshlab kelgan. Uning birinchisida «mankunianlar» Madridning «Real» klubidan engilgan bo'lsa, kelasi mavsum «Bavariya» ustidan fantastik g'alabani qo'lga kiritgandi.
2017 yilga kelib esa Zinedin Zidan shotlandiyalik mutaxassis natijasini takrorladi va «Qirollik klubi»ni qatorasiga ikkinchi bor Evropa Chempionlar ligasining finaliga qadar boshlab keldi.
Uning birinchisi «Real» uchun omadli bo'lib, finalda «Atletiko» taslim etilgandi. Shu yilning 3 iyun kuni «Real» ikkinchi finalda «Yuventus»ga qarshi saf tortadi.
Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchish na bir klubga va na bir murabbiyga nasib etgan. Zidan va «Real» bu borada birinchi bo'lib olishi mumkin.
Ma'lumot uchun, «Yuventus»ga qarshi final Uelsning Kardiff shahrida joylashgan «Millenium» stadionida bo'lib o'tadi.