«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Krishtianu Ronaldu Madridni tark etganidan keyin "Qirollik klubi"ning o'yini qay darajada bo'layotgani haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Krishtianu – har qanday jamoada muhim o'yinchiga aylanadi. Ronaldu ketganidan keyin «Real»ga oson bo'lmadi. Benzema uning o'rnini egallagan bo'lsa-da, jamoa ham ruhiy, ham taktik jihatdan o'z etakchisini yo'qotdi.
Beyl – salohiyat tomonlama aqlbovar qilmas o'yinchi. Menda shunday hissiyot paydo bo'ldiki, futbol u uchun muhim narsa bo'lmay qolgan. Nazarimda, futboldan osongina chiqib ketmoqda. Ammo u kuchli va tezkor — zamonaviy futbol uchun ideal o'yinchi.
Agar chempion bo'lishni istasang, sen e'tiboringni 100 foiz sport hayotingga qaratishing kerak», – dedi Kapello.