Evropa yashil maydonlarida o'tadigan har bir uchrashuv futbol muxlislari uchun chinakam bayramga aylanib ketadi desak, adashmagan bo'lamiz. Muxlislar o'z sevikli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun shaxarning turli tomonlaridan stadionga oqib kelishadi. Ayniqsa, Evropaning grandalri maydonga tushsa, jamoaning ulkan stadionlarida ham bo'sh o'rindiqlar qolmaydi. Bugun o'z uy uchrashuvlarini doimo anshlakda o'tkazadigan 5 ta jamoa haqida so'z yuritamiz.
“Real Madrid” – Santiyago Bernabeu
Evropa Chempionlar ligasida ketma-ket 3 bor zafar quchgan klub muxlislarning chinakam yoqimtoyi desak, adashmagan bo'lamiz. “qirollik klubi” uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi Santiyago Bernabeu o'yingohida jamoani qo'llab turuvchilarning soni so'zimizga isbot bo'la oladi. Afsuski, jamoaning natijalari biroz pasaygach, stadionga keluvchilarning soni ham biroz kichraydi. Klub rahabralri muxlisalrni ortga qaytarish uchun katta transferlar kerak ekanligni yaxshi his etib turishibdi. O'z bag'riga 81 ming muxlisni sig'dira oluvchi stadionga ayni damda har bir o'yinga o'rtacha 63,073 ta muxlis tashrif buyurmoqda.
“Manchester Yunayted” – “Old Trafford”
“Qaymoqranglilar” muxlislaridan farqli o'laroq “qizil iblislar” fanatlari jamoani qo'llab-quvvatlashni susaytirishganicha yo'q. jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiqariladigan chiptalar soniyalarda sotilib ketishi an'anaga aylanib ulgurgan. 1910-yilda quril bitirilgan “Old Trafford” o'yingohi hali-hamon muxlislarning sevimli stadioni bo'lib turibdi. O'z bag'riga bir 74 994 muxlisni sig'dirishga qodir arenada har bir o'yinda o'rtacha 74 505 ta muxlis kuzatib bormoqda. Bu deyarli 100 foizlik ko'rsatgich degani!
“Bavariya” – “Alyants Arena”
Boy o'tmishga ega klub o'z stadioni bilan har qancha maqtansa arziydi. Zamonaviy yoki qulayligi bilan emas, stadionga tashrif buyurayotgan muxlislar soni bilan. Jamoa uy uchrashuvlarini o'tkazishi uchun mo'ljallangan “Alyants Arena”ning umumiy sig'imi 75 mingni tashkil etadi. Eng qizig'i shundaki, jamoaning uy uchrashuvlariga chipta sotib olishning iloji yo'q. Barcha chiptalar mavsum boshida yillik abonament ko'rinishida sotilib ketgani etmaganidek, har bir o'yinda o'rtacha 75 ming muxlis “Bavariya”ga muxlislik qiladi. Jamoa tez orada o'z arenasini kattalashtirish haqida bosh qotirishiga to'gri keladigan ko'rinadi.
“Barselona” – “Kamp Nou”
Katoloniya klubi deyarli butun Katoloniya qo'llab-quvvatlab turgani bois, jamoaning ulkan stadonida har doim ham bo'sh o'rindiq topish juda mushkul. Jamoa 1957-yildan bunyod etilgan “Kamp Nou” 2008-yilda to'liq ta'mirlandi va Evropaning eng ulkan stadioniga aylandi. Ayni damda stadion o'z bag'riga bir paytning o'zida 99 354 ta muxlis uchun o'z eshiklarini ochishga qodir. EChL uchrashuvlarida stadion to'liq to'lishiga qaramay, ichki musobaqalardagi o'yinlarida bo'sh joylar etarlicha topiladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, o'tgan yil davomida jamoaning har bir o'yinini o'rtacha 75 203 ta muxlis bevosita stadiondan kuzatgan.
“Borussiya Dortmund” - "Signal Iduna Park"
Dortmundlik muxlislar nafaqat Germaniya, balki butun Evropadagi eng sodiq muxlislar desak, adashmagan bo'lamiz. Jamoa ko'rsaayotgan natijadaga qaramay, muxlislar “Signal Iduna Park”da ularni yolg'iz qoldirmaslikka harakat qilishadi. Bu erga futbol atmosferasini his qilish uchun Evropaning turli nuqtalaridan muxlislar tashrifi so'nggi yillarda keskin ortib ketdi. Jamoa o'yiniga qo'ldan chipta olishni istaganlar kamida 3 ming evroning baxridan o'tishlari talab etiladi. “Signal Iduna Park” 81 335 muxlisga mo'ljallangan. Ortda qolgan yil davomida har bir o'yinda stadionga o'rtacha 80 813 muxlisning tashrifi kuzatildi. Bu Evropadagi eng yuqori ko'rsatgich.