Madridliklar braziliyalik futbolchining transferini 19 yanvar kuni, futbolchi 18 yoshga to'lgan kunda rasmiylashtirmoqchi.
«Marca»ning xabariga ko'ra, “Real” Reyner uchun 35 emas, balki 30 million evro to'laydi. Futbolchining tovon puli dastlab 70 million evro deya belgilangandi.
Futbolchi “Real”ga o'tganidan so'ng Ispaniya 3-divizionida ishtirok etayotgan “Real Kastilya” safida to'p tepadi.
Reynerga “Real”dan tashqari “Barselona”, “Atletiko”, “Manchester Siti” va PSJ ham qiziqish bildirgandi.