«Vulverxempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu «Real»dan ijaraga olingan himoyachi Xesus Valexoning taqdiri haqida o'z fikrini bildirdi.
«Ochig'ini aytishim kerak. Xesus, jamoamizni tark etsa kerak. Boisi, u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda.
Valexo — yosh va iqtidorli o'yinchi. Biz uni ijaraga olayotganda undan ko'p narsa kutgan edik, ammo umidimiz ro'yobga chiqmadi. U jamoamizni tark etib, o'ziga boshqa jamoa topishi kerak. U ko'proq o'ynashi va rivojlanishi lozim. Chunki, unda iqtidor bor.
Xesus yaxshi o'ynagan uchrashuvlar bo'ldi, shuningdek, yomon o'ynagan o'yinlar ham bo'ldi. Nazarimda, ijara hech kimga naf keltirmadi», – dedi Santu.
22 yoshli futbolchi APL doirasida 2ta o'yinda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.