"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda jamoani bepul tark etishi mumkin.
FIFAning tegishli reglamenti 15-bandiga ko'ra, bir mavsum davomida o'z jamoasining 10 foizdan kam o'yinlarida qatnashgan professional futbolchi asosli sabab keltirsa, muddatidan avval shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Asos ishonchli bo'lsa, klubga kompensatsiya puli to'lanmaydi.
Xames hattoki 10 foizdan ko'proq o'yinlarda ishtirok etgan taqdirda esa 2021 yilning yozida uning "Madrid" bilan shartnomasi yakuniga etadi va shundan so'ng erkin agent sifatida "Qirollik klubi"ni tark etadi.
Hozirda kolumbiyalik futbolchiga Karlo Anchelotti boshqaruvidagi "Everton"dan qiziqish mavjud.