«Vulverxempton» yarim himoyachisi Adama Traore kelajakda «Real» o'ynash istagi borligini ma'lum qildi.
O'zining tanasi haqida
«Men shtanga bilan shug'ullanmayman. Bunga ishonish qiyin, ammo men ortiqcha hech narsa qilmayman. Bu genetika. Men zalda ishlayman, ammo ko'krak qafasi bo'yicha emas. Aks holda vazn yig'aman».
«Real» va «Barsa» haqida
«Agar «Barselona»dan taklif tushmasa, men «Real»ga o'tishim mumkin. Bunday variantni istisno qilmayman».
«Barselona»dan ketishi haqida
«Qandaydir tushunmovchilik yuz bergandi. Menga yoqmaydigan nimadir ro'y bergandi, ammo buni oshkor qilmayman».
23 yoshli futbolchi «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2013 yillarda "La Masiya"da tarbiyalangan bo'lsa, 2013-2015 yillarda "Barselona B"da o'ynagan. Shundan so'ng Angliya premer-ligasiga ko'chib o'tgan.