"Real" klubi rahbariyati hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida o'z e'tiborini "Liverpul" forvardi Sadio Manega qaratdi.
"Qirollik klubi" vakillari Manening agentlari bilan uchrashib, ehtimoliy transfer yuzasidan muzokara o'tkazishdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "qaymoqranglilar" 2020 yilning yozida senegallik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, "Real" bosh murabbiyi Zidan ham Manening o'zi bilan gaplashishga ulgurgan.
Sadio Mane ushbu mavsumda "Liverpul" safida barcha musobaqalar doirasida 27ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi.