"Real" himoyachisi Marselo va yarim himoyachisi Lukas Vaskes jarohatdan to'la forig' bo'lib, jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Shunga qaramay, ular 4 yanvar kuni "Xetafe"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuborishadi. Ular Ispaniya superkubogi o'yinlarigacha tayyor bo'lishadi.