«Real» rahbariyati yarim himoyachi Martin Edegorni muddatidan oldin ijaradan qaytarish haqida o'ylamoqda.
2019 yilning yozida «Real Sosedad» norvegiyalik futbolchini ikki yilga ijaraga olgan edi. Ammo madridliklar ushbu mavsum so'ngida uni jamoaga qaytarish haqida o'ylamoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, bunday holatda "Qirollik klubi" 4 million evro miqdorida kompensatsiya to'lashiga to'g'ri keladi. «Real» esa ushbu summani kamaytirish yoki uni bekor qilishga umid qilmoqda. Boisi, klub «Real Sosedad» bilan yaxshi munosabatga ega.
21 yoshli Edegor ushbu mavsumda 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.