“Real” posboni Tibo Kurtua Yangi yil arafasida “beIN Sports” jurnalistlariga qisqa intervyu berdi.
–Iqtidoringning siri nimada?
–Rostini aytsam, men “PlayStation”da “Formula-1” simulyatorini yaxshi o'ynayman.
–Agar futbolchi bo'lmaganingda, hozir qaysi kasbda ishlayotgan bo'larding?
–Mening onam – fizioterapevt, menga ham bu kasb yoqadi. Agar futbol bilan shug'ullanmaganimda jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lardim.
– O'tgan o'n yillikdagi eng esda qolarli xotirang...
–2017 yilda “Petriots va“Atlantoy”o'rtasidagi o'yinga, Superboulga tashrif buyurdim. Bunday shou – men tomosha qilishni istaydigan shoulardan biridir.
–“Real” uchun o'ynash – bu qanday hissiyot?
–Aql bovar qilmas darajadagi hissiyot. Har safar “qirollik klubi” uchun o'ynaganimda buni his qilaman. Bunday paytda o'zimga o'zim shunday deyman: “Sen rostdan ham shu erdasan, dunyoning eng kuchli klubi uchun o'ynayapsan”. Bu bolalikdagi orzuyim edi.
–Senga berilgan eng yaxshi sovg'a?
–Shak-shubhasiz, farzandlarim. Ular men uchun juda qadrli.
–2020 yildagi maqsading?
–“Real” bilan sovrinlar yutishni istayman. Belgiya termasi safida “Evro-2020”da g'olib bo'lish niyatim bor. O'ylaymanki, keyingi yili hammasi men uchun baxtli yakun topadi.