"Real"ning sobiq hujumchisi Fernando Morentes La Ligadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
"Yuragim menga "Real" La Ligani qo'lga kiritishini aytmoqda.
Bu Messiga bog'liq. Krishtianu Ronaldu bu erda bo'lganida, hammasi juda yaqin edi.
Ikkala jamoa ham juda yuqori saviyada o'ynashmoqda. Aslida mavsum fevralda boshlanadi. O'sha vaqtda biz jamoalarning qanchalik yaxshi holatda ekanligini ko'rishimiz mumkin. Yaxshi tayyor bo'lgan jamoa chempionlikni qo'lga kiritadi», - dedi Morentes.
La Liganing 18-turidan keyin "Barsa" 39 ochko to'plab "Real"ni 2 ochkoga ortda qoldirgan holda 1-o'rinni egallab turibdi.