29 iyul kuni AQShning Mayami shahrida «Barselona» va «Real» klublari o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
AS xabariga ko'ra, bu bellashuvga bo'lgan qiziqish juda katta ekani tufayli chiptalar olibsotarlar qo'lida 10 ming dollar narxda sotilmoqda.
Mart oyida savdoga chiqqan chiptalarning barchasi internet orqali 20 daqiqada sotilib ketgan edi. Ayni paytda ular 283 dollardan boshlab, 10 ming dollargacha narxda olibsotarlar tomonidan taklif qilinmoqda.