Bundan biroz avval "Real Sosedad" matbuot xizmati jamoa xavbeki Martin Edegorning "Manchester Siti"ga o'tganini elon qilgan edi.
Gap shundaki, bugun Ispaniyada kulgu kuni nishonlanmoqda. SHu sababdan, klub matbuot xizmati bu xabar orqali muxlislar uchun hazil qilgani malum bo'ldi.
"Biz Martinga 2019 yilning iyulidan hozirgacha bo'lgan professionalligi va klubga bo'lgan sodiqligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Unga kelajakdagi shaxsiy va professional faoliyati uchun hamma yaxshi tilaklarni bildirib o'tamiz,", - deb yozilgan "Real Sosedad"ning rasmiy saytidagi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Martin Edegor joriy mavsum Ispaniya chempionatida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.