Martin mavsumning ilk qismini ijara asosida "Real Sosedad"da o'tkazdi. Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan futbolchi 2019/20 yilgi mavsumning so'nggiga qadar "Manchester Siti"da o'ynaydi.
"Biz Martinga 2019 yilning iyulidan hozirgacha bo'lgan professionalligi va klubga bo'lgan sodiqligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Unga kelajakdagi shaxsiy va professional faoliyati uchun hamma yaxshi tilaklarni bildirib o'tamiz,", - deb yozilgan "Real Sosedad"ning rasmiy saytidagi xabarda.
Eslatib o'tamiz, Martin Edegor joriy mavsum Ispaniya chempionatida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.