AS nashrining xabariga ko'ra, Ispaniya klublari yozgi transfer oynasiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Manbaning xabariga ko'ra, “Real Sosedad” ayni damda “Malorka” safida to'p surayotgan “Real Madrid” yarim himoyachisi Takefusu Kuboni ijaraga olmoqchi.
Hozirda “Sosedad” safida “Real”ning boshqa bir futbolchisi Martin Edegor ijara asosida to'p surmoqda. “Qirollik klubi” futbolchini muddatdan avval ijaradan qaytarmoqchi, Kuboni esa San-Sebastyanga jo'natmoqchi.