Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning ikkinchi sardoriga aylandi.
Sardorlik bog'ichi Serxio Ramosda qoladi va unga Marselo o'rinbosarlik qiladi. Yana bir vitse-sardor Pepe esa «Real»dagi faoliyatini yakunladi. Uning o'rnini hujumchi Benzema egallagan.
Xabar qilinishicha, Ronaldu yakuniy qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi. U klub prezidenti Florentino Peres bilan muntazam ravishda uchrashib boradi va Ramos hamda Marselo bilan birga muhim masalalarni muhokama qiladi.