"Real" klubining sobiq prezidenti Visente Boluda yana o'z lavozimiga qaytmoqchi. Ispan manbaalarining xabariga ko'ra, 64-yoshli ispaniyalik biznesmen va siyosatchi "Madrid"ga qaytsa, katta summa evaziga qator transferlarni amalga oshirish niyatida.
— Menda pul bor. Biz jamoaga uch futbolchini olib kelishimiz zarur. "Real" tarkibini kuchaytirish kerak, — dedi Boluda.
Uch transfer deganda, Visente kimlarni nazarda tutgani nomalum, u aniq ismlarni tilga olmagan.
"Real" prezidentligiga saylov 2021 yil bo'lib o'tadi. Klubning hozirgi prezidenti Florentino Peres so'nggi ikki bor raqobatchi yo'qligi sababli ham, ovoz berishlarsiz qayta saylangan edi.