«Real» yarim himoyachisi Eden Azar 8-12 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan Ispaniya superkubogi uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi. Eslatib o'tamiz, musobaqa Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
"Qirollik klubi" rahbariyati Azarning Superkubok bahslarigacha tiklanishga ulgurishiga umid qilgandi. Ammo belgiyalik futbolchining tiklanish jarayoni cho'zilib ketdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Eden faqatgina yanvar oyi oxiri, fevral oyi boshlarida sayga qaytishi mumkin.
Azar noyabr oyi so'ngida Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat olgan edi. Uning suyagida darz ketish aniqlandi.