Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Manyak" Ronaldu haqida navbatdagi maqola. Hech kim mashg'ulotga undan vaqtliroq kela olmagan

Krishtianu Ronaldu fevralda 35 yoshga to'ladi. Raul bu yoshda Qatarda o'ynayotgandi, Eto'O esa "Antalyaspor"da to'p tepardi, Ronaldino butunlay Braziliya sohiliga ko'chib o'tgan edi.

.
- Yuklab olish

Krishtianu fiziologiya haqidagi tasavvurlarimizni buzib, 41 yoshgacha futbol o'ynashga vada bermoqda.

Biz Ronalduning superprofessionalizmi haqida ko'p o'qiganmiz: Qatiy dieta, uydagi tinimsiz mashg'ulotlar va shunga o'xshash narsalar. Portugaliyalikning mashg'ulot programmasi anchadan beri tarmoqlarda mavjud, ammo bu sizga yordam bermaydi: Krishtianu bu muvaffaqiyatga mashg'ulotlardagi "manyak"ligi, nosog'lom professionalizmi evaziga erishgan.

Krishtianu o'zini kuchaytirishga bog'lanib qolgan. U "Sporting"da tungi mashg'ulotlar uchun jarimaga tortilgan, MYUda esa tonggi 6da bazaga etib kelib, shaxsiy oshpaz yollagan

Krishtianu 12 yoshida "Sporting" bolalar jamoasi vakiliga aylangan - yigitcha "prosmotr"da o'zidan katta bolalardan kuchliroq ekanligini ko'rsatib, akademiyadan o'ziga joy band qilgan. Odatda bolalar 12-14 yoshda turli o'yinlarga qiziqib, vaqtini bekor o'tkazadi. Ronaldu ham kattalarning gapiga kirmagan, ammo buni o'z uslubida qilgan.

Ronalduning bolaligidagi murabbiyi Luish Martinsh Krishtianu haqida xotiralarni eslashni xush ko'radi: U o'yindan oldin trenajer zaliga kirib olib, qo'shimcha mashg'ulotlar uyushtirardi. Tungi vorkaut bir necha oy, qorovul uni payqab qolmaguncha davom etgan. Yigitcha jarima to'lagan, ammo shunga qaramay uni zaldan chiqara olishmagan. SHunda Martinsh Krishtianuni zaxiraga mixlash bilan qo'rqitdi, faqat shu tahdid Ronalduni to'xtatgan bo'lsa kerak.

Tungi mashg'ulotlar to'xtadi, ammo Ronaldu trenajer zalida ruxsat berilgan vaqtda qolgan bolalardan ko'proq shug'ullanardi. Krishtianuning "Sporting" akademiyasidagi do'sti Xesus Gonsales Ronalduni mashinasida yotoqxonagacha tashlab qo'yardi va og'aynisining mashg'ulotlari doimo cho'zilib ketishidan nolirdi:

"Uni juda ko'p kutishga to'g'ri kelardi - u ketishni xohlamasdi. Zal oynasini taqqilatib, uni avrashga to'g'ri kelardi: "Krish, ketsak bo'lardi, kech bo'ldi!"

SHuncha urinishlarga qaramay Krishtianu baquvvat futbolchiga aylana olmadi, shu sababli MYUga o'tganidan so'ng yana muskullarini o'stirishga kirishdi. Ronaldu yana trenajer zalining asosiy foydalanuvchisiga aylandi: Portugaliyalik haftada uch martalik mashg'ulotlardan tashqari har kuni mashg'ulotlargacha va undan keyin jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Mayk Klegg bilan ishlagan.

Ronalduning MYUdagi qo'shimcha mashg'ulotlari

- Asosiy mashg'ulotlargacha zalda ishlar (barcha mushak guruhlarini faollashtirgan)

- Notekis maydonda driblingi ustida ishlagan

- Van Der Sar bilan uzoqdan beriladigan zarbalar ustida ishlagan

- Asosiy mashg'ulotlardan so'ng trenajer zalida oyoqlarini kuchaytirgan

"Krishtianu men bilan ishlaganlar orasida eng yaxshisi bo'lgan. U yangi darajaga chiqdi va borini berib ishlardi. Uning hayoti faqat futboldan tashkil topgan. U basseyni bor uy sotib oldi - menimcha, ko'proq shug'ullanish uchun bo'lsa kerak" - deydi Klegg.

Ronaldu MYUdaligida hech kim mashg'ulotga portugaliyalikdan avvalroq etib kela olmagan. "Agar mashg'ulot 9:00da boshlansa, soat 8da Ronalduni bazada ko'rish mumkin edi. Keyin 7:30da kelishga harakat qilasak - baribir u maydonda bo'lardi. Bir marta zalga undan oldinroq kelish uchun hamma narsa qildim va 6:30da u erga etib keldim. Qarasam, Ronaldu zalda yurgan ekan. Biroz uyqisirashiga qaramasdan, u mendan oldin shu erda edi" - deya eslaydi Teves.

Krishtianu mushak tolalarining o'sishi oziqlanishga bog'liqligini tez tushundi va "Yunayted"dagilar orasida birinchi bo'lib o'zi uchun dietolog, oshpaz va shifokor yolladi. Yollanganlar Ronalduning uyida yashar edi. Qo'shni uyda ijarada yashaga Rio Ferdinand o'sha voqealarni quyidagicha tasvirlab bergan: "Bu xuddi karnavalga o'xshardi. Uning uyidagi odamlar u erdan bu erga o'tar, hamma nima bilan band edi va nima bo'layotganini tushunib bo'lmasdi". Neymar uyida ham shunday atmosfera hukm surgan bo'lsa kerak: Faqat braziliyalik do'stlariga xursandchilik uchun pul to'lagan, Ronaldu esa faqat mehnat uchun.

2018 yilda tadqiqotchilar qiziq bir malumotni aniqlashdi: Ronalduning tanasi biologik ko'rsatkichlar bo'yicha 23 yoshli insonnikiga teng ekan. Masalan, tanadagi yog' qatlami miqdori bor-yo'g'i 7%ni tashkil etgan (9-10% ideal hisoblanadi), mushak massasi esa umumiy vaznning 50%ga teng (futbolchilarda o'rtacha ko'rsatkich - 46%).

Ronaldu MYUda o'rmondagi notekis maydonda yashirincha shug'ullanib, har kuni Van der Sar bilan zarbalar ustida ishlagan

Krishtianu faqat tanasini kuchaytirmagan, balki mashg'ulotlarda to'p bilan to'g'ri ishlashni o'rgangan.

Kuchli va aniq zarba - Ronalduning asosiy qurollaridan biri, u faoliyati davomidagi 46ta golni uzoq masofadan kiritgan. Bu zarba - tabiat inomi emas, buning ustida yillab ishlangan.

SHunday zarbaga ega bo'lish uchun Krishtianu har kuni mashg'ulotdan so'ng qolib, darvozaga tinimsiz zarba bergan. Keyinroq karton darvozabonlarga gol urish foydali emasligini tushungan Ronaldu Van Der Sarni ko'ndirgan. Portugaliyalik zaxira posbonlari bilan ishlashni xohlamasdi: "Men eng zo'ri bo'lish uchun faqat eng zo'rlar bilan shug'ullanishni istayman".

Tabiat Krishtianuga ajoyib dribling hadya qilgan, ammo portugaliyalik doimo texnikasini kuchaytirishga intilgan. MYU fizioterapevti Valter Di Salvio Ispaniyaning AS nashriga Krishtianuning sirli hikoyasini aytib bergan. Jamoaning odatiy mashg'uloti yakunlanganidan so'ng Ronaldu to'pni olib, Karringtondagi baza chetiga borardi va driblingi ustida ishlardi. Gap shundaki, maydonning bu qismi doimo o'rmonga aylanib ketardi - er notekis, daraxtlarning ildizlari chiqib turgan. Ammo Krishtianu mahoratini eng og'ir sharoitlarda oshirishga uringan. Portugaliyalik o'rmonda 20 daqiqalik mashg'ulotdan so'ng zalga borardi, uni Klegg kutib turardi. Odatda bu vaqt ichida uning jamoadoshlari uyiga etib olgan bo'ladi.

Qiziq, Ronaldu MYUdagi dastlabki yillarida hech kimga indamay qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazgan, jamoadoshlari esa buni payqamagan ekan. Bu mashg'ulotlar o'nlab gollarga aylanganidan keyingina Ronaldu hammasini aytib bergan.

Krishtianuning mashg'ulotlari xatto jamoadoshlari joniga tekkan edi: 2006 yilda Patris Evra Ronaldunikida mehmon bo'ldi va kechki ovqat o'rniga qo'shimcha mashg'ulot o'tkazdi

Bazida Krishtianuning mashg'ulotlarga bog'lanib qolgani "Yunayted"ning yangi vakillarini shokka tushirgan.

2006 yilda Ronaldu Patris Evrani kechki ovqatga taklif qildi, franciyalik yaqindagina jamoaga kelgan edi. Evra o'sha kuni atayin tushlikda hech narsa emadi va kechki ovqatda portugalcha taomlarga umid qilgan edi. Ammo u Ronaldu haqida yaxshi malumotga ega emasdi. "Oshxonada bizni faqat salat va ozgina tovuq go'shti hamda suv kutib burgandi. Yana nimadir bo'ladi deb o'ylagan edim. Ammo yo'q. Na go'sht va na sharbat" - deya eslaydi Evra.

Kechki ovqatdan so'ng Krishtianu to'pni olib, Patris bilan avval uy ichida, keyin hovlida futbol o'ynagan. Ronaldu tezda zerikdi, shu sababli qoidalarni qiyinlashtirdi va Evradan to'pga faqat 2 marta tegishni talab qildi. Ayovsiz kechgan o'yindan so'ng (Krish jiddiy kurashib, omadi kelmaganda o'zidan xafa bo'lgan) Evra saunaga yo'l oldi - Krishtianu mashg'ulotlardan so'ng shu yo'l bilan o'ziga kelardi. Franciyalik bu kechani boshqacharoq tasavvur qilgan edi:

"Hammaga maslahatim: Krishtianu sizni mehmonga taklif qilsa, bormang. SHunchaki yo'q deb qo'ya qoling, chunki bu yigit - mashina, u mashg'ulotlardan charchamaydi".

Evra bu hikoyani 2018 yilda, ITV podkastida aytib bergan. O'sha efirda franciyalik yana bir voqeani so'zlab bergandi: "Bir kuni Rio Ferdinand stol tennisida Ronalduni mag'lub etdi. Hammamiz baqirib yuborganmiz, Krishtianu esa rosa xafa bo'ldi. Keyin akasini stol tennisi stolini sotib olishga yubordi. Krish ikki hafta shug'ullandi va hammaning ko'z oldida Ferdinandni taslim etdi. Bu Krishtianu Ronaldu".

Ronaldu tiklanishni butun bir fanga aylantirib yuborgan: "Real" o'yinlaridan so'ng tungi uchgacha tiklanish jarayonini o'tkazardi

Ronaldu "Manchester Yunayted"da butun vaqtini o'yinlarga tayyorlanishga sarflagan. "Real"da  esa tiklanish muhimligini tushunib etgan.

Marselo bir kuni o'yinlardan so'ng tezda uyga borib, picca tanovul qilishini va ko'p uxlashini tan olgan. Krishtianu "Real"da o'ynagan kezlari uni uyda Irina SHeyk kutardi, biroq portugaliyalik tiklanish jarayonlari uchun klub bazasida bir necha soat qolib ketardi.

Ronalduning "Real"dagi tiklanish jarayonlari

- 30 daqiqalik kontrast vannalar. Har besh daqiqada issiq suvdan sovuq suvli vannaga o'tish va teskarisi

- Basseynda 20 daqiqa suzish. Bo'shashtiradi va miyani ortiqcha hayollardan holi qiladi

- Spa-xonada gidroterapiya (10 daqiqa). SHikastlangan mushaklarni tiklaydi

Avvaliga u kontrast vannalarni qabul qiladi: besh daqiqa issiq suvda (38-44 darajali), keyin uch daqiqa sovuq suvda - bu jarayon 30 daqiqa davom etadi. Bunday vannalar shikastlanish yoki kuchlanish bo'lgan joylarda qon aylanishini kuchaytiradi. Keyin Krishtianu 20 daqiqa basseynda suzadi - odatda bu jarayon to'liq jimlikda o'tadi va portugaliyalik shu yo'l bilan biroz bo'shashib, ortiqcha o'y hamda hayollardan qutilib oladi. Navbat spa-xonaga. U erda 10 daqiqa katta bosimda oqayotgan suv ostida turiladi (gidroterapiya shikastlangan mushaklarni tiklaydi).

Agar bahs kech yakunlansa, tiklanish tonggacha davom etardi. "Real" murabbiyi Pol Klement bir namunali vaziyat haqida gapirib bergan: "Real" CHempionlar ligasi o'yinidan so'ng tonggi soat uchda Turkiyadan qaytib keldi, futbolchilar tezda mashinalariga o'tirib, yaxshi uxlash uchun uyga yo'l olishdi. Ronaldu esa muzli vannaga tushgan ekan.

Bazida xordiqlarni qurbon qilishga to'g'ri keladi, ammo Krishtianu faoliyatidagi haqiqatga to'g'ri kelmaydigan raqamlarga shu yo'l bilan erishgan.

Krishtianu "Yuve"da o'zgargani yo'q: O'tgan mavsum u "Atalanta"ga qarshi bahsda zaxirada qoldi va o'yindan keyin (tungi 11da) mashg'ulotga yo'l oldi

Ronalduning mashg'ulotlarga bog'lanib qolgani haqida so'nggi hikoya.

Hozir Krishtianu deyarli 35 yoshda, superyulduzning tanasi ideal ko'rinishga ega. Portugaliyalik bundan ko'ngli to'qmi? Ronaldu mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Dekabrda Krishning "Yuve"dagi sobiq jamoadoshi Medxi Benatiya (yaqindagina Qatarning "Al-Duhayl" klubiga o'tdi) ajoyib hikoyani aytib berdi:

"Atalanta"ga qarshi bahsda men va Ronaldu zaxirada qoldik - uch kundan keyin yana bir uchrashuv bor edi va murabbiy dam olishimizga imkoniyat yaratdi. Avtobusda Bergamodan qaytayotganimizda Krishtianudan sms keldi: "Qaytganimizda nima qilmoqchisan?" Men soat 11 bo'lganini va uyga qaytishimni yozib yubordim. Ronaldudan yangi xabar keldi: "Trenajer zalida biroz ishlashga nima deysan? Bugun xatto terlashga ulgurmadim. Birga shug'ullanasanmi?"

Benatia o'z hikoyasida bir narsani esdan chiqargan: Himoyachi haqiqatdan ham butun o'yinni zaxirada o'tkazgan, Ronaldu esa 65-daqiqada maydonga tushib, gol urishga ham ulgurgan edi.

Benatia smsga qanday javob yozgani nomalum, ammo portugaliyalikdan hayratlangani aniq.

"O'shanda Krishtianu oddiy odam emasligini tushunib etdim. Birga ishlayotganingizda u futbol uchun jonini berishini guvohi bo'lasiz va Ronalduni yanada ko'proq hurmat qilishni boshlaysiz".

Ronaldu 14 yoshligida uning yuragida jiddiy muammo aniqlangan. U ikki oy futboldan chetlashgan va qayta olishini bilmagan. Operaciyadan so'ng hammasi joyiga tushdi, ammo Krishtianu orzu har onda armonga aylanishini tushundi.

Portugaliyalik 17 yoshida "Sporting"ning asosiy tarkibiga kirdi, hamma uni olqishladi, ammo yaxshi ko'rishmadi: U oynaga qaraganda doimo yuzi husnbuzarlar bilan to'lgan, tishi qiyshiq yigitni ko'rardi. Futbol dastlabki katta pullarni keltirganidan so'ng tashqi ko'rinish o'zgardi.

Ronalduning miyasida qanday o'ylar borligini hech qachon bilmaymiz, ammo unda hali ham eski mahluq - qo'rquv borligini tushunish mumkin va bu mahluqlar Ronalduni o'z ustida ishlashga majburlayveradi.

Maqolaga NIKE tomonidan suratga olingan ajoyib video yakun bo'ladi deb o'ylaymiz

TAS-IX

BestMaster
26 Dekabr 2019, 15:00
manyak, ronaldu, haqida, navbatdagi, maqola, hech, mashgulotga, undan, vaqtliroq, kela, olmagan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads