«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchi bilan PSJ klubi qiziqmoqda. Uning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.
Avvalroq, futbolchiga «Milan» klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Modrichning o'zi esa faoliyatini «Real»da yakunlash istagi borligini aytgan.